
Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida "Toshkent metropoliteni" DUK metro harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartishlar kiritishini ma’lum qildi.
Xususan, bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun metro poyezdlari 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi. Bu esa Yangi yilni shahar bo‘ylab bemalol nishonlash imkonini beradi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida poyezdlar harakati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2025 yil 31 dekabr va 2026 yil 2 yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi;
2026 yil 1 yanvar kuni — poyezdlar yakshanba kuni jadvali bo‘yicha qatnaydi.
Ma’lum qilinishicha, 5 yanvar — dushanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanadi va ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.
Yo‘lovchilardan bayram kunlarida belgilangan jadvalni inobatga olgan holda harakat rejasini oldindan belgilash so‘raladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.