date

Yuta shtati biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi


Yuta shtatining biznes vakillari va xayriya loyihalari rahbarlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunida kelishuvga erishildi.

Prezident Amerika tomonining vakillari, jumladan, Iso Masihning Oxirgi davr avliyolari cherkovi oqsoqoli Devid Bednar, Stirling jamg‘armasi rahbari va AQSh elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar innovatsiyalar, tibbiyot, tog‘-kon sanoati, suv ta’minoti, ayollar tadbirkorligi hamda inklyuziv ta’lim sohalaridagi loyihalarni ko‘rib chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yuta shtati biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi