2017 yilning 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni qizg‘in muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish, xorijiy sarmoyalarni, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish har qanday mamlakat uchun eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Bunday vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o‘rin tutadi.
1996 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun investisiyalar jalb qilish va jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirdi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tgan yillarda Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona hamda «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi O‘tkir Butaev: - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda yana to‘rtta erkin iqtisodiy zona faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Mazkur EIZlar faoliyati meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmasevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan.
Yangi erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Bu erda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’ektlariga turli imtiyozlar, qulayliklar yaratiladi. Xususan, EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik-telekommunikasiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida qulayliklar yaratish maqsadida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ruxsatnomalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, fraksiya yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi masala «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.
Prezidentimizning 2016 yil 5 oktyabrdagi PF–4848-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 25-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur qonun loyihasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Nargiz Xalilova:
- Ushbu Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub’ektlari va ularning xodimlariga nisbatan ma’muriy jazolarni qo‘llash borasidagi funksiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish vazifasi yuklatilgan.
O‘tkazilgan qonunchilik tahliliga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar vakolatlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish o‘tkazish uchun asos, tekshirish davriyligi, tekshirish o‘tkazish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan va boshqa bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
Tadbirkorlik sub’ektlarini hamda ularning xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan. Misol uchun, kodeksning XIII-bobida savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. XVIII-bobida esa, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar ko‘rsatilgan.
Qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilishni yanada kuchaytirishga, mazkur toifadagi ma’muriy ishlarni yanada adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yig‘ilish so‘nggida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan O‘zLiDeP fraksiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi