
Portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyra "Vulverhempton" bosh murabbiyligidan bo‘shatilgani haqida fikr bildirdi. "Men uchun "Vulverhempton"ni boshqarish va ushbu klub hamda uning muxlislari bilan o‘ziga xos lahzalarni boshdan kechirish sharaf bo‘ldi.
Klub egalariga menga bildirilgan ishonch uchun, futbolchilarga esa bu oylarda ko‘rsatgan mehnatlari va fidoyiliklari uchun minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, butun xodimlar jamoasiga meni oila aʼzosi sifatida qabul qilgani uchun rahmat aytaman", – dedi Pereyra jurnalist Ben Jeykobzga.
Pereyra 2024-yil dekabridan beri "Vulverhempton" bosh murabbiyi edi. Joriy mavsumning o‘n turidan so‘ng jamoa musobaqa jadvalining eng quyi pog‘onasida joylashgan bo‘lib, atigi ikki ochko to‘plagan.
"Bo‘rilar" hali Angliya Premer-ligasining ushbu mavsumida biror g‘alaba qozona olmagan yagona jamoa hisoblanadi.
Vitor Pereyra: "Vulverhemptonni boshqarish sharaf edi"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar