UzAuto 53 mingdan ortiq shartnoma tuzilganini ma’lum qildi

UzAuto 53 mingdan ortiq shartnoma tuzilganini ma’lum qildi
Qisqacha

Kontraktatsiya boshlanganidan 11:00 ga qadar uzavtosavdo.uz platformasi orqali 53 911 tadan ortiq shartnoma muvaffaqiyatli tuzildi. Shu vaqt davomida UzAutoSavdo'ning onlayn savdo tizimiga 30 marta kiberhujum qilindi, unda 165 mingdan ziyod faol sessiya va har soniyada 1 180 tadan ko'p yangilangan sessiya qayd etildi. Call-sentr orqali 584 ta mijoz murojaati qabul qilinib, ko'rib chiqildi.

Kontraktatsiya boshlangan paytdan 11:00 ga qadar uzavtosavdo.uz platformasi orqali 53 911 tadan ortiq shartnoma muvaffaqiyatli tuzildi, deb UzAuto Motors xabar berdi.

Shu vaqt mobaynida UzAutoSavdo‘ning onlayn savdo tizimiga 30 marta kiberhujum qilindi. Jami 165 mingdan ziyod faol sessiya va har soniyada 1 180 tadan ko‘p yangilangan sessiya qayd etilgan.

Bundan tashqari, Call-sentr orqali 584 ta mijoz murojaati qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan. Kompaniya shartnoma tuzilganda QR-kod mavjudligini tekshirishni qat’iy tavsiya qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar