
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Italiya terma jamoasiga qarshi o'ynashni xohlayotganini ma'lum qildi. Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis boshchiligidagi Braziliya terma jamoasi muddatidan avval musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.
"Men Braziliya va Italiya o‘rtasidagi finalni ko‘rishni istardim, bu mening hissiy jihatdan katta orzum bo‘lardi", – dedi Anchelotti Rai nashriga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsad Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish hisoblanadi, sababi braziliyaliklar so‘nggi marta 2002-yilda oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Ta'kidlash joizki, 2026-yilgi Jahon chempionati ilk bor tarixda uchta mamlakatda – AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar