date

O‘zbekistonda tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
3-noyabr, dushanba kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet. Respublika bo‘ylab kunduzgi o‘rtacha harorat +13…+18° atrofida bo‘ladi.

Toshkentda esa mutaxassislar havo haroratini +14…+16° bo‘lishini prognoz qilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hududlarda shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayishi (Bofort shkalasi bo‘yicha sakkiz ball) ehtimoli mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda