date

Toshkentda harorat +17° gacha ko'tariladi

Toshkentda harorat +17° gacha ko'tariladi
O'zbekistonning aksariyat hududlarida 24-noyabr kuni yog'ingarchiliksiz iliq ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O'zgidromet. Toshkent, Samarqand va Jizzaxda kunduzgi harorat +18° gacha ko'tarilishi, kechasi esa +0…+5° oralig'ida bo'lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi +19° gacha yetishi, kechasi esa +2…+7° oralig'ida bo'lishi prognoz qilinmoqda. Biroq, mamlakatning shimoli-g'arbiy hududlarida kechasi -2° gacha sovuq bo'lishi mumkin, kunduzi esa havo +17° gacha isiydi.

Farg'ona vodiysida kunduzi +11…+16°, kechasi esa +0…+5° harorat bo'lishi kutilmoqda. Toshkent va Farg'ona viloyatlarining ayrim hududlarida ertalab tuman kuzatilishi mumkin.

Tog'li hududlarda harorat kunduzi +14° dan oshmasligi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda harorat +17° gacha ko'tariladi