Samarqand Davlat universitetining dosenti Orifjon Mamatqulov qo‘lini sovuq suvga urmay, mo‘may daromad topish uchun o‘ziga xos yo‘l ochdi. U farzandini o‘qishga kiritishni istovchilar xohishini katta manfaatdorlik evaziga qondirishga kirishdi deb yozadi «Diydoraziz» nashri.
Lisey va kollejlarni tugatgan yoshlarning aksariyati o‘qishni davom ettirish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshiradi. Ota-onalar esa farzandining nufuzli oliygohlarda ta’lim olishini xohlaydi. Afsuski, ularning bu xohishlaridan ayrim kimsalar o‘z manfaati yo‘lida foydalanib qolishni ko‘zlaydi. Samarqand davlat universiteti o‘qituvchilari Umidjon Abdurahmonov va Orifjon Mamatqulovlar shundaylardan bo‘lib chiqdi.
Bir qaraganda bu ikki domla oliy ma’lumotli, obro‘li kishilar. Umidjon Abdurahmonov — katta o‘qituvchi, O.Mamatqulov — dosent.
Qolaversa, O.Mamatqulov abiturientlar haqida ma’lumotlarni Davlat test markaziga kiritish, test qaydnomalari, hujjatlari va materiallarni tayyorlab beruvchi kompyuterchilar guruhining a’zosi. Uning aynan shu lavozimda ishlashi qo‘lini sovuq suvga urmay, mo‘may daromad topish uchun o‘ziga xos yo‘l ochdi. Bunday imkoniyatdan foydalanib qolish uchun U.Abdurahmonov bilan xufiyona reja tuzdi va har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, farzandini o‘qishga kiritishni istovchilar xohishini katta manfaatdorlik evaziga qondirishga kirishishdi. Shu maqsadda o‘tgan yilning iyul oyida U.Abdurahmonov va rejani amalga oshirishga ko‘makka kelgan universitet talabasi Elbek Ergashev farzandini o‘qishga kiritib qo‘yish sharti bilan ikki kishidan 16000 AQSh dollari talab qiladi.
«Katta xizmat uchun katta summa» so‘ragan kimsalarning tamagirligini anglagan ota-onalar bu haqda viloyat huquq-tartibot idoralariga xabar berishadi. Natijada O.Mamatqulov, U.Abdurahmonov va E.Ergashev bir fuqarodan 6 ming, ikkinchisidan 9,9 ming AQSh dollari olayotgan paytda jinoyat fosh etildi…
Mazkur firibgarlik va tamagirlik ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi. Oqibatda ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildilar. Albatta, osonlik bilan katta pul topish hammani ham qiziqtiradi. Ammo bu maqsadga etishish uchun tamagirlik yo‘lini tanlash hech qachon kechirilmaydi. Yomoni, nopok ishga qo‘l urgan yuqoridagi kimsalar o‘zlariga ham, nufuzli oliy ta’lim maskani sha’niga ham dog‘ tushirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi