O‘zbekiston 8 oyda 11,6 mln dollarlik olma eksport qildi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida O'zbekiston 10 ta davlatga 22,6 ming tonna olma eksport qilib, 11,6 million AQSH dollari daromad oldi. Eksportda Rossiya 10 721 tonna va Qozog'iston 10 098 tonna bilan yetakchilik qildi. Qirg'iz Respublikasiga 1 275 tonna, Turkmaniston va Iroqqa esa 300 tonnadan ziyod olma yuborildi. Tabiiy ta'm, yuqori sifat va raqobatbardosh narxlar tufayli O'zbekiston olmasiga tashqi bozorda talab yuqori bo'lib qolmoqda.
O‘zbekistonda olma yetishtirish va eksport salohiyati tobora ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida mamlakat 10 ta davlatga jami 22,6 ming tonna olma eksport qilgan.
Eksportning umumiy qiymati 11,6 million AQSH dollarini tashkil etgan. Asosiy xaridorlar qatoridan Rossiya (10 721 tonna) va Qozog‘iston (10 098 tonna) yetakchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasiga 1 275 tonna, Turkmaniston va Iroqqa esa 300 tonnadan ziyod olma yuborilgan.
Muttaxassislar fikricha, O‘zbekiston olma yetishtirishda Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biriga aylanmoqda. Tabiiy ta’m, yuqori sifat va raqobatbardosh narxlar tufayli milliy mahsulotlarga tashqi bozorda talab yuqori bo‘lib qolmoqda.
Eksport hajmining oshishi nafaqat dehqonlar daromadini ko‘paytirmoqda, balki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining iqtisodiy ahamiyatini ham mustahkamlamoqda.






























Izohlar 0
…