date

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi qanday ishlaydi?
O‘zbekistonda «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va u kelasi yil boshidan kuchga kiradi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Sug‘urta holatlari sifatida kasallik, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, ish yoki daromad yo‘qotilishi hisoblanadi.

Bunday holatlar yuzaga kelganda, sug‘urtalangan shaxslar yoki ularning oila a’zolariga to‘lovlar amalga oshiriladi. Ushbu to‘lovlar kasallik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ish uchun nafaqa hamda ishsizlik nafaqasini o‘z ichiga oladi.

Nafaqalar miqdori sug‘urta badallarining to‘lanishiga bog‘liq bo‘lib, ularning miqdori va muddatlari qonun bilan belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi qanday ishlaydi?