River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringa yetkazadi

Argentinalik «River Pleyt» klubi «Monumental» stadionini kengaytirish bo'yicha yangi loyihani e'lon qildi. Rejaga ko'ra, arena sig'imi 101 ming tomoshabingacha oshiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kengayish 16 ming o'rinni tashkil etadi: hozirda stadion 85 ming muxlisni qabul qila oladi. Qurilish ishlari aprel oyida start oladi va taxminan 36 oy — uch yil davom etadi. Yangilangan «Monumental» 2029 yildan boshlab 100 mingdan ortiq tomoshabinga xizmat qilishi kutilmoqda.
Sig'im bo'yicha «Monumental» «Kamp Nou»ni ortda qoldiradi, biroq baribir Pxenyanda 80-yillarning ikkinchi yarmida qurilgan Shimoliy Koreyaning «1 May» nomidagi «Nynnado» stadionidan kichikroq bo'lib qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing