date

O‘zbekiston 50 ta davlat bilan vizasiz tartibni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston 50 ta davlat bilan vizasiz tartibni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekiston 2030 yilga borib fuqarolar vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar sonini 50 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu maqsad 2026–2030yillarga mo‘ljallangan yangilangan rivojlanish strategiyasi loyihasida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, joriy yilda yana ikki davlat bilan vizasiz yoki soddalashtirilgan kirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan. 2027 yilda bunday  kelishuvlar soni beshtaga yetishi kerak.

Rejaga muvofiq, vizasiz yo‘nalishlar 2028 yilda 45 taga, 2029 yilda 48 taga, 2030 yilda esa 50 taga chiqishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2026–2030 yillarda elektron viza hamda aeroportda rasmiylashtiriladigan viza kabi yengillashtirilgan tartiblar mavjud bo‘lgan davlatlar sonini 60 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yaqin yillarda konsullik xizmatlari uchun mobil platforma ishga tushiriladi. Raqamlashtirish hisobiga undan foydalanuvchilar sonini hozirgi 8,5 mingdan 2026 yilda 15 minggacha, 2030 yilga kelib esa 100 minggacha oshirish maqsad qilingan.

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz safar qilishi mumkin. Yana 42 ta mamlakat turli shakldagi soddalashtirilgan kirish tartiblarini taklif etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston 50 ta davlat bilan vizasiz tartibni yo‘lga qo‘ymoqchi