date

2030 yilga borib o‘zbekistonliklar 50 ta davlatga vizasiz borishi mumkin

2030 yilga borib o‘zbekistonliklar 50 ta davlatga vizasiz borishi mumkin

O‘zbekiston 2030 yilga qadar fuqarolar uchun vizasiz safar qilish mumkin bo‘lgan davlatlar sonini 50 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlar 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangilangan rivojlanish strategiyasi loyihasida aks etgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Hujjatga ko‘ra, vizasiz yoki soddalashtirilgan kirish bo‘yicha kelishuvlar bosqichma-bosqich kengaytiriladi: 2026 yilda yana 2 ta, 2027 yilda esa 5 ta davlat bilan yangi kelishuvlar tuzish ko‘zda tutilgan. Natijada vizasiz yo‘nalishlar soni 2028 yilga kelib 45 taga, 2029 yilda 48 taga yetishi, 2030 yilda esa 50 taga chiqishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, kirish tartibi yengillashtirilgan mamlakatlar ro‘yxatini ham kengaytirish reja qilingan. 2026–2030 yillar davomida bunday davlatlar sonini 60 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Gap elektron viza, aeroportda viza yoki boshqa yengillashtirilgan rejimlarni taqdim etadigan mamlakatlar haqida bormoqda.

Yaqin yillarda konsullik xizmatlarini olish uchun mobil platforma ishga tushirilishi ham rejalashtirilgan. Raqamlashtirish hisobiga servis foydalanuvchilari soni hozirgi 8,5 mingdan 2026 yilda 15 mingga, 2030 yilga borib esa 100 ming kishiga yetishi kutilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston fuqarolari 35 ta davlatga vizasiz bora oladi. Yana 42 ta mamlakat turli ko‘rinishdagi soddalashtirilgan kirish tartibini taklif qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2030 yilga borib o‘zbekistonliklar 50 ta davlatga vizasiz borishi mumkin