date

Igor Korneev Espanolni RPL kashfiyoti Baltika bilan qiyosladi

Igor Korneev Espanolni RPL kashfiyoti Baltika bilan qiyosladi

CSKA sobiq yarim himoyachisi Igor Korneev Ispaniyaning «Espanol» jamoasini Kaliningradning «Baltika»si bilan taqqosladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Liganing 18-turida «Espanol» o‘z maydonida «Barselona»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Mehmonlar safida Robert Levandovski va Dani Olmo bittadan gol urdi.

Korneevning aytishicha, «Espanol» joriy mavsumning eng katta kashfiyotlaridan biri. U natijalar nuqtayi nazaridan ularni «Baltika»ga o‘xshatish mumkinligini, biroq o‘yin sifati jihatidan bunday emasligini ta’kidladi.

Ekspert «Espanol» bir gol urishi uchun odatda beshta imkoniyat kerak bo‘lishini, «Barselona» hujumchilariga esa ko‘pincha bitta vaziyatning o‘zi yetishini ham qo‘shimcha qildi.

Mag‘lubiyatga qaramay, Manolo Gonsales boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida kuchli beshlikdagi o‘rnini saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Igor Korneev Espanolni RPL kashfiyoti Baltika bilan qiyosladi