O‘zbekistonda Belgiyaning yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning yangi elchisi Erik De Mayyer bilan uchrashdi. Vazir diplomatning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi va bu uning mamlakatdagi rasmiy faoliyati boshlanganini anglatadi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
12-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan muloqotda tomonlar ikki tomonlama aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, savdo, investitsiya va biznes hamkorligini rivojlantirish, amaliy iqtisodiy sheriklikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Saidov elchiga O‘zbekistondagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyat tiladi. Eslatib o‘tamiz, Belgiyaning Toshkentdagi elchixonasi ochilishi haqida 2025-yil kuzida xabar berilgan, avval bu lavozimda Anri Vantigem faoliyat yuritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!