Samarqandda karton va qogʻoz ishlab chiqaradigan yirik zavod qurilishi rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o'qish222
Samarqandda karton va qogʻoz ishlab chiqaradigan yirik zavod qurilishi rejalashtirilmoqda

Xitoyning Hanrun Paper Company kompaniyasi Samarqand viloyatida yirik sanoat loyihasini amalga oshirish uchun 500 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillari viloyat hokimi Adiz Boboyev bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Loyiha doirasida sanoat kartoni, qadoqlash qogʻozi hamda ofis qogʻozi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy majmua barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Qurilish va ishga tushirish jarayonlari besh bosqichda amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarishni joylashtirish uchun 50 gektardan ortiq yer maydoni talab etiladi. Hozirda Urgut erkin iqtisodiy zonasi hududidagi “Hishrau 2” massivida joylashgan yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda va yaqin kunlarda ular auksionga chiqarilishi kutilmoqda.

Investorlar taʼkidlashicha, ushbu zavod Markaziy Osiyoda o‘xshashi bo‘lmagan yagona korxonaga aylanishi mumkin. Loyiha hisobiga qariyb 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, korxona ishga tushgach, davlat budjetiga yiliga 50–60 million AQSH dollari miqdorida soliq tushumlari kelib tushishi prognoz qilinmoqda. Viloyat hokimi loyiha hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlariga mos ekanini bildirib, tashkiliy va infratuzilmaviy masalalarni tezkor hal qilish hamda loyiha jarayonini doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘liq ko‘mak berilishini maʼlum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?