Prezident videoselektor davomida siyosiy partiyalarning aholi bilan muloqoti, targ‘ibot-tashviqot ishlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini ham etarli deb bo‘lmasligini qayd etib o‘tdi.
«Hech kimga sir emas, bu boradagi ishlar ko‘pincha yuzaki, xo‘jako‘rsinga bo‘lib, hayotdan ancha uzilib qolgan. Aholini, partiya elektoratini tashvishga solayotgan dolzarb muammolarning amaliy echimini topishga qaratilgan ishlar, afsuski, nihoyatda kam», degan prezident.
Davlat rahbari misol sifatida, O‘zLiDePning Xorazm viloyati kengashiga kelib tushgan 1 ming 250dan ortiq ariza va shikoyatlarning atigi 84tasi bevosita viloyat kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, qolgan 1 ming 200ga yaqin murojaat esa Prezidentning Virtual qabulxonasiga yuborilganini keltirgan.
«Ana shu murojaatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ularning ko‘pchilik qismi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini buzish, bank, soliq organlarining qoniqarsiz faoliyati bilan bog‘liq ekani ayon bo‘ladi.
Savol tug‘iladi: tadbirkorlar va ishbilarmonlar partiyasi deb tanilgan O‘zLiDeP nima uchun bu masalalardan o‘zini chetga olmoqda?», deydi prezident.
Mavjud to‘rtta partiya gazetalarining saviyasi, «O‘zbekiston ovozi» gazetasini istisno qilganda, talabga javob bermaydi. Partiya gazetalarining umumiy soni bugungi kunda 60 mingga ham etmasligi hayotdagi dolzarb muammolar va ularning echimi bo‘yicha aniq takliflar bu nashrlarda o‘z ifodasini topmayotganidan dalolat beradi.
Xususiy nashrlardan misol keltiraylik. Masalan, biz odatda «ko‘ngilochar nashrlar» deb biladigan «Darakchi», «Tasvir», «So‘g‘diyona» kabi gazetalar nafaqat yengil-elpi gaplarni, shu bilan birga, muhim hayotiy masalalarni, aytaylik, kommunal xizmat, bozorlardagi narx-navo, tibbiyot, transport masalasi, tadbirkorlik bilan bog‘liq muammolarni ham atroflicha yoritayotgani uchun tiraji oshib bormoqda. Nima uchun partiya nashrlari bu masalalarda ular bilan raqobat qila olmayapti?
Siyosiy partiyalar rahbarlarining elektoratni o‘ylantirayotgan muhim masalalar bo‘yicha televidenie orqali aniq-ravshan o‘z pozisiyasini bildirganini ham eslay olmaymiz.
Nima, partiya rahbarlari matbuotda chiqishdan qo‘rqadimi? Yoki xalq bilan muloqot qilishning mazmun-mohiyati va ahamiyatini anglab etmaydilarmi?
Saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qanday ishlar qilinayotgani haqida siyosiy partiya fraksiyalari rahbarlari har chorakda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televidenie orqali axborot berib borishlarini ta’minlaydigan aniq tizim joriy etish lozim. Bu borada yangi tashkil etilgan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va Xalqaro press-klub imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur.
Ayniqsa, markazda va joylardagi telekanallar parlament va mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari ishini, xususan, qonun loyihalari bo‘yicha muhokama jarayonlarini, parlament nazoratiga oid tadbirlarni, fraksiyalar o‘rtasida bo‘layotgan bahs-munozaralarni, «jonli» tarzda, kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqimizga etkazishi lozim.
Biz televidenie orqali faqat 10-15 ta deputat va senatorni ko‘ramiz, xolos. Ularning 85 foizi «oynai jahon»da deyarli ko‘rinmaydi. Deputat va senatorlar xalq vakillari bo‘lganidan keyin doimo xalq oldida chiqishi, odamlar ularni tanishi, olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lishi kerak emasmi?», Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan O‘zA.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbari Xurshid Mirzohidovga ikki oy muddatda Oliy Majlis rahbariyati bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi