13:17 / 31.07.2018
5 627

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi
«Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi, deb ma’lum qilmoqda "Xabar" nashri Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanaliga tayanib.

Qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlardir.

Qonunda ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish chiqarish yoki taqdimnoma kiritish ekstremistik materiallarni taqiqlash, tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish va boshqa tadbirlar ekstremizmining oldini olishga doir choralar sifatida nazarda tutilgan.

Shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgar bo‘ladi.

Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni o‘z ixtiyori bilan rad etgan, ekstremistlarning maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi.

Shu bilan birga, tashkilotlar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun tugatiladi, ularning faoliyati esa taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident yangi qonunni imzoladi