Qirg‘iziston O‘zbekistondan keltirilgan 21 tonna tarvuzni qaytarib yubordi

28 may kuni O‘simliklarni kimyolashtirish, himoya qilish va karantin departamenti inspektorlari tomonidan “Do‘stlik” (“Dostuk”) chegara postida o‘tkazilgan fitosanitariya nazorati davomida O‘zbekistondan olib borilgan 21 tonna tarvuz mahsuloti tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, karantin nazorati ostidagi mazkur mahsulot qadoqlarida majburiy markirovka — yorliqlar mavjud emasligi aniqlangan. Bu esa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEAEO)ning karantin fitosanitariya talablarini buzish sifatida baholangan.
Natijada ushbu yukni Qirg‘iziston hududiga kiritishga ruxsat berilmagan va mahsulot amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.