O‘zgidromet muhim ogohlantirish bilan chiqdiO‘zgidromet muhim ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, 2–5 iyun kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sabab respublika tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel hamda suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin.
Xususan, xavf quyidagi hududlarda ehtimol qilinmoqda:
— Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari;
— Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari;
— Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
— Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
— Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
— Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari;
— Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
— Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari;
— Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.
Shu bilan birga, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi mumkinligi qayd etildi. Bu holat ayrim joylarda qisqa muddatli suv toshishlariga sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!