date

O‘zbekistonda ilmiy daraja olish jarayoni soddalashtiriladi

O‘zbekistonda ilmiy daraja olish jarayoni soddalashtiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2027 yildan boshlab O‘zbekistonda ilmiy daraja olish tartibida sezilarli yengilliklar joriy etiladi. Unga ko‘ra, PhD va DSc ilmiy darajalarini olish jarayonida ayrim ortiqcha talablar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Xususan, endilikda chet tili bo‘yicha majburiy imtihon topshirish, avtoreferatni alohida chop etish, monografiya nashr etish hamda Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan o‘tkaziladigan ayrim ekspertiza jarayonlari talab etilmaydi.

Shuningdek, xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olgan olimlarning diplomlari O‘zbekistonda qo‘shimcha tartib-taomillarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi belgilangan. Bu esa olimlar uchun ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartiradi.

Mutasaddilar fikricha, mazkur o‘zgarishlar ilm-fan tizimini yanada soddalashtirish, ilmiy faoliyatga yosh kadrlarni keng jalb qilish hamda tadqiqotchilar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Yangi tartib ilmiy izlanishlar sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ilmiy daraja olish jarayoni soddalashtiriladi