1 iyundan kuchga kiradigan muhim o‘zgarish ma’lum bo‘ldi

1 iyundan boshlab mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi. Bu haqda Prezident farmonida belgilangan.
Mazkur qarorga ko‘ra, endilikda mehmonxona, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalari alkogol hamda tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishda mijozlardan naqd pul shaklidagi to‘lovlarni ham qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, ushbu tartib 2026 yil 1 iyundan kuchga kiradi va soha vakillari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing