date

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi

Bugun, 29 may kuni Qirg‘iz Respublikasi hududida yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 13:15 da kuzatilgan. Yer qimirlashining magnitudasi 4,8 ni tashkil etgan bo‘lib, o‘choq chuqurligi 10 kilometrni tashkil qildi. Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 387 kilometr shimoliy-sharqda joylashgan. Koordinatalari esa 41,6 daraja shimoliy kenglik va 73,84 daraja sharqiy uzunlik sifatida qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishi O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgan. Jumladan:

— Xonobod tumanida — 2 ball, 114 km;
— Qo‘rg‘ontepa tumanida — 2 ball, 124 km;
— Paxtaobod tumanida — 2 ball, 137 km;
— Jalaquduq tumanida — 2 ball, 140 km.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayrongarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi