15:49 / 25.02.2019
8 259

Nima uchun o‘zbek tili fan va siyosat tili bo‘la olmadi?

Nima uchun o‘zbek tili fan va siyosat tili bo‘la olmadi?
“O‘zbek tili davlat tili ekan, demak avval uni “yaratish” kerak, “birlashtirish” (jamlash) va hamda ilmiy muomalaga o‘tkazish kerak. O‘zbek tilining fan va san’at sohasida chin ma’noda qo‘llanmayotgani uni mamlakat miqyosidagi til sifatida ishlatilishiga to‘sqinlik qilmoqda”,-deb yozadi mustaqil tadqiqotchi Baxtiyor Olimjonov CABAR.asia tahliliy platformasi uchun maxsus yozgan maqolasida.

Maqolaning qisqacha mazmuni:
Mamlakatning aksar mansabdor shaxslari davlat tilida yaxshi gapira olmaydilar. Tilning bunday holatga kelib qolishiga sabablardan biri, asosiy davlat boshqaruv organlari xizmatchilarining rus tilida ta’lim olganligi hamda sobiq sovet davlat tuzumi idoralarida ishlaganligi;
“Xalq” tili o‘zbek tilining jahon “modernizatsiyalashuv” jarayonlariga kirishmaganligi uni “oddiy darajasiga tushirib qo‘ygan;
Rus tili o‘zbek xalqi uchun sakral siyosiy tilga ega;
Yozuv borasidagi islohotlar kundalik hayotda va ta’lim sohasida ikki alifboning bir paytda qo‘llanishiga sabab bo‘lmoqda;
Rus tilini bilishlik o‘zgacha imtiyozli tabaqaga mansublikning belgisiga aylandi;
Shuncha qiyinchiliklarga qaramay o‘zbek tili musiqa, kino va teatr sohalarida saqlanib qolmoqda;
O‘zbek tili saqlanib qolgan eng oxirgi “orolcha” internet va mahalliy ijtimoiy tarmoqlar bo‘lib qolmoqda;
Jamiyat orasida “jiddiy mavzularda o‘zbek tilida gapirishning iloji yo‘q”, degan tushuncha shakllangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati rahbari Ne’matulla Yo‘ldoshev 2018 yil 13 dekabr sanasida Oliy Palata kengashida “O‘zbekiston Respublikasi davlat tili” haqidagi qonun ijrosi taqdir hukmiga havola qilinib tashlab qo‘yilganligini ta’kidladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda o‘zbek tilining hukumat tili sifatida ishlatilishiga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu holat yuzasidan ba’zi tabiiy savollar tug‘iladi:o‘zbek tili qay darajada haqiqiy ma’nodagi millat va davlat tiliga aylana oladi? Rus tilining zamonaviy o‘zbek jamiyatidagi ahamiyati nimadan iborat? Davlatning tilga oid maqsadli siyosati mavjudmi?

O‘zbek tili kimlar uchun?
“Millat tili-uning eng yaxshi mulkidir”,-deb yozgandi Iosif Brodskiy. Oxirgi 28 yil davomida o‘zbek tili davlat tili bo‘la olmadi.
Yuqori toifadagi davlat xizmatchilari milliy davlat tilida yaxshi gapira olmaydilar. Ular undan ko‘ra rus tilida sifatli gapirishni afzal ko‘radilar.

Hukumatning o‘rta va quyi qatlami o‘zbek tilida ko‘p sheva va yevropacha so‘zlarni ishlatib gapiradi. Poytaxt boshqaruvining o‘rta qatlami til borasida viloyat tilidan unchalik farq qilmaydi. Yanada to‘g‘rirog‘i, til borasida viloyat tili ancha “mo‘’tadil” va “milliyroq” hisoblanadi. Tilning bunday holatga kelib qolishiga asosiy sabab, davlat boshqaruv organlari xizmatchilarining aksari rus tilida ta’lim olganligi hamda sobiq sovet davlat tuzumi idoralarida ishlaganligidir.

Davlat boshqaruvi organlarida rus tili “katta obro‘”ga ega bo‘lsada, oxirgi yillarda hujjatlarni o‘zbek tilida yuritish o‘sib bormoqda. Ba’zi siyosatchilar hamma hujjatni o‘zbek tiliga o‘tkazishga chaqirmoqdalar. Ammo shu narsa ayonki, markaziy ijroiya qo‘mitalari va respublika parlamenti rus tilida faol suratda hujjat yuritayotgan ekanlar, bu sohada siljish bo‘lishi qiyin masala. Viloyatlarda “quyi” ma’muriy idoralar o‘zbek tilidan foydalanadilar. Ammo “yuqori”ga jiddiy biror “hisobot” yuboriladigan bo‘lsa albatta rus tiliga murojaat qiladilar.

Shunisi ma’lumki, yuqori ma’muriyat o‘zbek tilini bilmaydilar, ozroq darajada bilsalarda, hukumat ishlarini “zamonaviy bo‘lmagan” milliy tilda hal qilib bo‘lmaydi. Parlamentda rus tilini ishlatilishining ham o‘ziga yarasha oqlovlari mavjud. Huquq sohasida o‘zbek tili rivojlanmagan. O‘zbek tilida yaxshi qo‘llanma darsliklar yetishmaydi. Hammasi o‘zbek tilining huquqiy va siyosiy sohalarda ishlatish imkoni yo‘qligiga borib taqaladi, chunki o‘zbek tili “zamonaviy” tushunarli til emas.

O‘zbek tili zamonaviylikka qarshi tilmi?
O‘zbek tilining jahon “modernizatsiyalashuv ”jarayonlariga kirishmaganligi uni “oddiy xalq” tiliga aylantirib qo‘ydi. Jamiyat ichida “milliy tilda jiddiy mavzularda gapirishni imkoni yo‘q” degan tushuncha mavjud. Shuni aytib o‘tish kerakki, tilda dekolonizatsiya hodisasi ro‘y bermadi, ya’ni o‘zbek tili taraqqiyot (modernizatsiya, zamoniylashuv) tiliga aylana olmadi.

Mashhur nemis faylasufi Yu.Xabermas yozadiki, “Modernizatsiya-bu ratsionalizatsiya”. O‘zbek tili ma’lum sabablarga ko‘ra ratsionalizatsiya” qilina olmadi va vaqt talablariga javob bera olmadi. Bu, birinchidan, milliy tushunchaning hozirda noaniq va aytilmagan siyosati bilan bog‘liq. O‘zbek degan tushuncha hali asosli bir suratda tasvirlab bo‘lmaydigan afsonaviy “modernizatsiya” tushunchasi ustida qurilib u bilan ta’riflanmoqda. Hayotning hamma jabhasida “modernizatsiya” tushunchasining tanazzuliga sabab-yuqoridan tadbiq etilayotgan “modernizatsiya”, ya’ni g‘arblashtirish siyosatining aholiga singdirilishidir.

Ikkinchidan, yevropa tillarining(rus va ingliz) inkor etib bo‘lmas “obro‘”si milliy o‘zbek tilining rivojiga xalal bermoqda.

Uchinchidan, biz sovet tuzumida qo‘llanib kelingan o‘zbek adabiy tilini yo‘qotib qo‘ydik. Undan farqli ravishda zamonaviy o‘zbek tili o‘z sohibiga ega emas. Zamonaviy til sobiq tuzum qo‘llagan o‘zbek lug‘at boyligiga taqlid qila boshladi va siyosiy muomalaga hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan neologizmlarni kiritdi. Natijada “ko‘p ovozga ega til” yuzaga keldi, ya’ni tilni shevalar mag‘lub etdi. Sovet tuzumidagi rus tili yangi o‘zbek tilini zamon bilan bog‘lovchi vosita sifatida xizmat qildi.

Rus tili hokimiyat va” zamonaviylashuv”tili sifatida
Har kuni soat 19.30da markaziy “O‘zbekiston”telekanalidan rus tilidagi xabarlar dasturi ko‘rsatiladi. Xuddi shu xabarlar 21.00da o‘zbek tilida olib boriladi. Bu tartib oxirgi 30 yil ichida o‘zgartirilgani yo‘q. Rus tili O‘zbekiston xalqi uchun sakral siyosiy til hisoblanadi. U hokimiyat va kuch-qudrat tilidek qaraladi. Qonunlar shu tilda ishlab chiqiladi, Fanlar Akademiyasi institutlarida ilmiy ishlar rus tilida yoziladi, televideniyeda jiddiy insonlar O‘zbekistonning mavjud muammolarini shu tilda muhokama qiladilar.

O‘zbek tilida oilaviy mavzudagi sayoz seriallar, ma’naviyat masalalari va maishiy muammolar ko‘rsatiladi. Til borasidagi cheklovlar g‘alati holat paydo qilgan. Axborot qabul qiluvchi qatlam va oddiy fuqarolar milliy tilni “ichki” til-oilaviy til kabi qabul qilganlar. O‘zbek tilining siyosatdan uzoqlashtirilishi bu sovet tuzumi siyosatining oqibatidir. U paytlar milliy tilda faqat xalq og‘zaki ijodi va adabiyotni rivojlantirish mumkin edi. Mustaqillik davriga kelib mamlakat hukumati ishni yana davom ettirdi, ya’ni o‘zbek tili doimiy “zamonaviylashayotgan” yoki “Yevropaga yetmoqchi bo‘layotgan” tilga aylandi.

O‘zbek tili zamonaviymi?
XX asrning 90-yillariga kelib o‘zbek tilini zamonaviylashtirishga urinishlar bo‘ldi. Millat ziyolilari bir necha bor o‘zbek tilini zamonaviylashtirish va millat ongini o‘zgartirishga urinib ko‘rdilar. 1989 yilda o‘zbek tili davlat maqomini qo‘lga kiritdi. 1993 va 1995 yillarda alifbo o‘zgartirildi. Mahalliy ziyolilar ko‘magida mamlakat rahbariyati kirill alifbosini lotin alifbosiga alishtirishga qaror qildi. Bu islohot mantiqiy yakun topgani yo‘q, hali hanuz mamlakat to‘liq lotin yozuviga o‘tmadi. Bu islohotlar natijasi o‘laroq mamlakatning kundalik hayoti va ta’lim sohalarida ikki alifbolik vujudga keldi. O‘ttiz yoshdan yuqri aholi lotin yozuviga qiynaladi. Mamlakat yoshlari ikkala alifboga ancha tez moslashdilar. Bu ingliz tiliin faol o‘rganish va ijtimoiy hayotda rus tilining o‘rni bilan bog‘liq. Lotin yozuvi milliy til bilan birgalikda ingliz tilini osonlashtirdi, kirill yozuvi esa moda va elitar madaniyat belgisi kabi qaraladi. “S” harfini ikki alohida harf - S va TS ga ajratilishi natijasida “sex” so‘zi “sex”ga aylanib endilikda “kolbasa sexi” deb yoziladigan bo‘ldi.

2018 yil mamlakat rahbariyati tomonidan lotin yozuvini yangi islohoti ko‘rib chiqildi. 2018 yilga qadar hukumat lotin aifbosining yangi ko‘rinishini tasdiqlashga qaror qildi. Yangi alifbo 1993 yildagi lotin alifbosi (“turk” alifbosi)ga juda o‘xshaydi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, lotin yozuvi asosidagi “yangi alifbo” boshqa turkiy xalqlarning alifbosiga yaqinlashtiriladi. Yana XX asrning 90-yillardagi milliy g‘oyamiz-turk tillarining birlashishi mafkurasiga qaytayapmiz.

Ba’zida lotin va kirill alifbosining bir so‘zda jamlangani guvohi bo‘lasiz.

Mutaxassislarning ta’kidlashlariga ko‘ra, alifboning islohoti mamlakatning tashqi siyosati bilan bog‘liq. XX asrning 90-yillarida O‘zbekiston Turkiya va AQShga yaqinlashdi. 2000 yildan so‘ng esa Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalar kuchaydi. Tashqi siyosiy o‘yinlar O‘zbekistonning til siyosatiga ham qisman ta’sirini o‘tkazdi. Alifbo islohotining omadsizligi o‘zbek tiliga salbiy ta’sir qildi. O‘zbek tili yosh mamlakatning zamonaviy tili mavqeiga ega bo‘la olmadi. Jamiyatda o‘zbek tiliga e’tiborsizlik, unga “zamondan orqada qolgan” til sifatida qaralishi zamonaviy muloqot sifatida talab qilinmaydigan til degan fikrga olib keldi. Ingliz tilini keng miqyosda o‘rganilishi ham o‘zbek tili rivojiga “xalal” berdi. O‘zbek tili zamon ichida “qotib qoldi” va “orqada qolganlik” ning til vositasi va belgisiga aylandi.

Rus tili elitar madaniyat timsolida
Rus tilini bilishlik o‘zgacha imtiyozga ega qatlamga mansublik belgisi bo‘lib qoldi. Oxirgi 30 yil mobaynida mamlakatda rusiyzabon aholining kamayib ketganligiga qaramay (1mln.ga yaqin), rus tili “millatlararo” aloqa vositasi sifatida qaralmoqda. Talab yuqoriligiga qaramay, rusiyzabon maktablar ancha qisqardi. Qiziq bir holat ko‘zga tashlanadi: rus tili mahalliy “yuqori qatlam” va ziyolilar tomonidan faol qo‘llab quvvatlanmoqda. Rus tilini bilishlik o‘zgacha imtiyozga ega qatlamga mansublik belgisi bo‘lib qoldi. O‘zgacha kichik madaniy qatlam-yevropalashgan yoshlar va o‘zlarini “zamonaviylashgan” va ilg‘or deb hisoblovchi aholi tabaqasi vujudga keldi. Zamonaviy madaniyatning ommalashuvi O‘zbekiston aholisini 2 sinfga: “taraqqiy etgan” va “ortga qolganlar” qismiga ajratdi. Til taraqqiyot va rivojlanish ko‘rsatkichiga aylandi. O‘zbek tili chekkaga chiqib qoldi. Tabiiy suratda, milliy musiqa san’ati va adabiyot ham chetga surib tashlandi. “Ilg‘or” toifaning bunday harakatlari yashirin tarzda hokimiyat tuzilmalari tomonidan qo‘llab quvvatlandi. Tilning bunday “yangi mustamlakachilik” holatida rus tilini bilmaydigan har qanday kishi madaniy “chiqindi”ga aylanadi. Shunisi qiziqki, bu o‘rinda ingliz tili ikkinchi darajada, ya’ni ingliz tilini bilmaslik “orqada qolganlik” emas, ammo rus tilining ustunligi shaxsni “ibtidoiy kishi” darajasiga tushirib qo‘ygandek tuyuladi.

Madaniyat va “milliy” til
Shuncha qiyinchiliklarga qaramay o‘zbek tili musiqa, kino va teatrda saqlanib qolmoqda. Agar kinofilmlarning tiliga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularda sheva, asosan toshkent shevasida “gapirishadi”. Filmlarda poytaxt tilidan foydalanish tilning lug‘at boyligi kamayishiga va til sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi “ko‘cha tili” va jargonnning qo‘llanishiga olib keladi. Teatrlarda “yarim sovet tuzumi” jargonida “gapirishadi”. Bu esa madaniyatni yanada “tushunmaslik” va aholining dolzarb muammolardan begonalashishiga olib keladi. Teatrlarning repertuarlari oxirgi 50 yildan beri o‘zgarmaydi, Davlat akademik balet teatrida esa oxirgi 100 yildan bo‘yon o‘zgarish yo‘q. Qo‘shiqlar matni nihoyat darajada sayoz, o‘zbek rep yo‘nalishi hukumat siyosati tufayli rivojlanmadi. San’at ustidan boshqaruv shu darajaga keldiki, XX asrning 60-yillar sovet madaniyati tashviq va tatbiq etilmoqda. Natijada, o‘zbek tirik muloqot tili shu darajada nochorlashib ketdiki, u bilan tuzuk gaplashib bo‘lmay qoldi.

O‘zbek tilining “uyg‘onish davri”

Yangilangan o‘zbek alifbosi loyihasi
Birinchi prezident I.Karimovning qaroriga muvofiq 2016 yil 13 may sanasida yangi universitet-Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Universitetning asosiy vazifasi - “o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganish va rivojlantirish”. Shuningdek, universitetda o‘zbek-ingliz tili tarjimasi fakulteti ochildi. Sh.Mirziyoyevning hukumatga kelishi bilan O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati o‘zgardi. 2017 yil dekabr oyida Sh.Mirziyoyev ushbu universitetga tashrif buyurgan chog‘ida talabalarga shunday ko‘rsatmalar berdi: “Sizlar ona tilimizning naqadar boy ekanligini, unga bo‘lgan hurmat-ehtiromingiz va sevgingizni ona tilimizni butun dunyoga tarqatish orqali ko‘rsatishingiz kerak”. 2018 yilda universitetda turkiyshunoslik markazi tashkil etildi. “Yangi alifbo” o‘sha yerda ishlab chiqilmoqda.

Toshkent va Moskva orasidagi faol diplomatik va savdo aloqalari, 2018 yilda V.V.Putinning tashrifi mamlakatda rus tilining ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Oktyabr uchrashuvi chog‘ida Sh.Mirziyoyev rus klassik adabiyotining yuz tomlik jamlanmasini nashr etishga buyurdi. Umid qilamizki, rus klassik adabiyotining o‘zbek tiliga tarjimasi(bu o‘tgan asrda qilingan bo‘lsada) va o‘zbek mumtoz adabiyotining ingliz tiliga tarjimasi o‘zbek tilining milliy va davlat tili sifatida rivojlanishiga muhim turtki bo‘ladi.

O‘zbek tili va internet
O‘zbek tili rivojining “eng chekka orolchasi” internet, yana ham aniqrog‘i internet bo‘lib qolmoqda .Kun.uz, daryo.uz, o‘zbek tilidagi “Amerika ovozi” va Rossiyaning “Sputnik” axborot agentliklari Feysbuk va Instagram axborot bozorida raqobatni tashkil etmoqda. Bu axborot agentliklarida “turli xil” o‘zbek tilida gapiradilar. Atamalarning unifikatsiyasi (birlashishi) yo‘qligi tufayli ba’zida axborot qabul qiluvchilar o‘rtasida tushunmovchilik va so‘zlar ustida bahslarni keltirib chiqarmoqda. G‘arbni namuna qilib olish unga ko‘r-ko‘rona ergashish oqibatida o‘zbek tilida hali tomir otmagan ko‘pgina xorijiy so‘zlarning kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbek tilining lug‘at boyligini zamonaviylashtirish sun’iy ravishda amalga oshiriladi. Ba’zida shunday tuyuladiki, o‘zbek ommaviy axborot vositalarining tili tarjimaviy xususiyat kasb etadi, ammo bu endilikda rus tilidan emas, balki ingliz tilidandir.

“Yomg‘irdan qutulib do‘lga” degan kabi holat yuzaga kelmoqda. Bizga shunday o‘zbek tili kerakki, tilimizning imkoniyatlaridan kelib chiquvchi voqelikni aks ettirsin.

O‘zbekiston uchun tilga oid qanday siyosat zarur?
Hozirgi paytda mamlakatda rus va ingliz tilari jadal suratda o‘rganilmoqda. O‘zbek tili jahon adabiyotining tarjima tiliga, ya’ni “o‘lik til”ga aylanmoqda. Siyosat sahnasida nom chiqarishga urinayotgan ba’zi siyosatchilar uchun o‘zbek tili kuch va zo‘rlik bilan boshqarilmoqda.

O‘zbek tili davlat tili ekan,avvalambor bu tilni “yaratish”, ”birlashtirish” va ilmiy muomalaga kiritish lozim. O‘zbek tilining fan va taraqqiyot sohasida chin ma’noda qo‘llanmayotgani uni mamlakat miqyosidagi til sifatida ishlatilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Davlat “modernizatsiya” g‘oyasini mavjud” ichki mustamlakachilik” doirasidan tashqari suratda, balki tildan ibtido oluvchi madaniyatga tobe’lik tushunchasidan xoli suratda aniq ishlab chiqishi zarur.

O‘zbek tilining kelajagi bormi?
O‘zbek tili mamlakatning zamonaviy, milliy va haqiqiy davlat tili bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutish lozimki, tilga bo‘lgan to‘liq yondashuvgina mavjud holatni o‘zgartirishi mumkin. O‘zbek tilini “qutqarish” davlat dasturi quyidagi bandlarni o‘z ichiga olishi kerak:

Birinchidan, o‘zbek tilini davlat miqyosida”qayta qurish” juda katta investitsiyalarni talab qiladi, ya’ni bu sohada mablag‘ni ayamaslik kerak;
Ikkinchidan, zamonaviy ilmiy o‘zbek tilini hamkorlikda ishlab chiqish uchun mutaxassislar, nafaqat tilshunoslar, balki tarixchilar, sharqshunoslar, huquqshunoslar va matematiklar zarur.
Uchinchidan, san’at (kino, teatr, musiqa) sohasida ishlatiladigan tilni birlashtirish (jamlash, unifikatsiya) va uni sheva, lahja va yangi so‘zlardan tozalash kerak;
To‘rtinchidan, milliy tilimizda adabiyotlar nashrini qo‘llab quvvatlash-yangi mualliflarning kitoblarini bepul chop etish lozim;
Beshinchidan, internetni, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarni yangi o‘zbek ”gap”i bilan “to‘ldirish” zarur;
Va eng asosiysi - mamlakatning hamma maktab o‘qituvchilari va pedagog kadrlarini o‘zbek davlat tili me’yorlariga amal qilgan holda gapirishlari va yozishlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Maktab, universitet va san’at yangi zamonaviy “me’yor”dagi o‘zbek tili uchun lokomotiv vazifasini o‘tashi lozim.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nima uchun o‘zbek tili fan va siyosat tili bo‘la olmadi?