Enrike Safonov va Shevalye raqobati haqida gapirdi

Enrike Safonov va Shevalye raqobati haqida gapirdi
Qisqacha

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabonlar uchun mavsum davomida asosiy tarkibda o'rin kafolatlanmasligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, tanlov futbolchining o'yindagi darajasiga bog'liq. Shevalye joriy mavsumda hozircha Safonovga darvoza o'rnini bo'shatmadi va PSJning barcha o'yinlarida ishtirok etdi. Safonov esa o'tgan mavsumda PSJ tarkibida barcha rasmiy musobaqalarda 17 o'yinda, jumladan, Fransiya Kubogi finalida maydonga tushgan.

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasidagi darvozabonlar o‘rtasidagi raqobat borasida fikr bildirdi. "Mavsum davomida hech kimga asosiy tarkibda o‘rin kafolatlanmaydi.

Hammasi futbolchining o‘yindagi darajasiga bog‘liq", - dedi Enrike matbuot anjumanida. Eslatib o‘tamiz, Shevalye hozircha joriy mavsum davomida Safonovga darvoza o‘rnini bo‘shatib bermagan.

PSJ yozda "Lill" klubidan 40 million yevro evaziga sotib olgan fransuz futbolchisi poytaxt klubining barcha o‘yinlarida ishtirok etdi. O‘tgan mavsumda Safonov PSJ tarkibida barcha rasmiy musobaqalarda 17 o‘yinda maydonga tushgan, xususan, Fransiya Kubogi finalida ham ishtirok etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar