
Fransiyalik sobiq himoyachi Patris Evra "Yuventus"dagi muammolar haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Keksa sinyora" ketma-ket sakkizta o'yinda g'alaba qozona olmadi va bu natijadan so'ng bosh murabbiy Igor Tudor iste'foga chiqarildi.
"Murabbiy iste'fosi futbolchilarning maydonda o'z vazifalarini yetarlicha bajarmaganidan darak beradi. Bunday holat men bilan faqat bir marta sodir bo'lgan, u ham bo'lsa "Manchester Yunayted" Devid Moyesni iste'foga chiqarganida.
O'sha kunlarni juda og'ir o'tkazganman – umid qilamanki, hozir "Yuventus" futbolchilari ham shunday hislarni boshdan kechirmoqda. Agar sen "Yuventus"da o'ynayotgan bo'lsang, mas'uliyatni o'z zimmangga olishing kerak.
Muammo shundaki, zamonaviy avlod avvalgidek emas. Biz futbolchilar bo'lib, klub uchun, tarix uchun, oilalarimiz farovonligi uchun o'z kuchimizni sarflaganmiz.
Hozir esa futbolchilarning diqqatini chalg'itadigan omillar juda ko'p. "Yuventus"da ham ko'p narsalar o'zgargan, avvalgi qadriyatlar o'z kuchini yo'qotgan", – dedi Evra Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Ma'lum bo'lishicha, "Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi sifatida Luciano Spalletti tayinlanishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar