
Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyidagi yigʻinlar uchun kengaytirilgan tarkibga yana ikki hujumchini qoʻshdi. Bu haqda terma jamoaning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Dastlab, 27-oktabr kuni eʼlon qilingan tarkibda toʻrtta hujumchi: Dmitriy Vorobyov (Lokomotiv), Tamerlan Musayev (TsSKA), Ivan Sergeyev (Dinamo) va Aleksandr Sobolev (Zenit) bor edi. Biroq bugun murabbiylar shtabi tarkibga Dinamodan Konstantin Tyukavin hamda Lokomotivdan Nikolay Komlichenkoni ham kiritishga qaror qildi.
Noyabr oyida Karpin shogirdlari Peru va Chili terma jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Uchrashuvlar 12-noyabr kuni Sankt-Peterburgda va 15-noyabr kuni Sochida boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar