date

O‘zbekiston va Serbiya hamkorlik haqida 11 hujjat imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya rahbari Aleksandr Vuchich Toshkentda mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka oid Qo‘shma deklaratsiya hamda hujjatlar to‘plamini imzoladi. Umumiy hisobda 11 ta hujjat qabul qilindi.

Imzolangan kelishuvlar orasida iqtisodiyot, investitsiya, tibbiyot, turizm, ta'lim, fan, madaniyat, ilg‘or texnologiyalar va sun'iy intellekt sohalarida hamkorlik masalalari mavjud. Shuningdek, diplomatlar tayyorlash, mehnat migratsiyasi, sport va Toshkent hamda Belgrad shaharlarining sherikligi haqidagi hujjatlar ham imzolandi.

Hujjatlarni imzolashdan oldin ikki davlat rahbarlari “Ko‘ksaroy” qarorgohida rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Ular o‘zaro loyihalarni muhokama qildi va kelgusi yilda Toshkentda Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish masalasini kelishib oldi.

Muzokaralar davomida “Markaziy Osiyo – Bolqon” transport yo‘nalishlarining yangi marshrutlari, mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta'lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Serbiya hamkorlik haqida 11 hujjat imzoladi