
RB Leyptsig hujumchisi Timo Verner yanvar oyida jamoasini tark etishi mumkin. 29 yoshli futbolchi mavsum boshida ham boshqa klubga o'tishga yaqin bo'lgan, ammo transfer amalga oshmagan edi.
Hozirda Verner deyarli maydonga tushmaydi – u joriy mavsum davomida atigi bir daqiqa o'ynagan. Jurnalist Florian Plettenbergning maʼlumotiga ko'ra, uning qishki transferi juda ehtimol.
Vernerga MLS vakillari qiziqish bildirmoqda. RB Leyptsig Vernerni "deyarli bepul" sotishga tayyor ekani aytilmoqda.
Germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yilning yarmida o'z nihoyasiga yetadi. Timo avvalroq Angliyaning "Tottenhem" va "Chelsi" klublarida o'ynagan.
Transfermarkt maʼlumotiga ko'ra, uning hozirgi transfer qiymati 5 million yevro bo'lib, bu uning faoliyatidagi eng yuqori qiymatdan 16 barobar kam. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar