Safonovga koʻproq oʻyin amaliyoti kerak

Qisqacha
PSJ darvozaboni Matvey Safonov joriy mavsumda Luka Shevalye bilan raqobat sabab yetarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Rossiyalik murabbiy Sergey Tashuyev unga ko'proq o'ynash haqida o'ylashi kerakligini aytdi. Tashuyevning fikricha, Yevropaning boshqa klublari Safonovga qiziqish bildirishi aniq, PSJ rahbariyati esa unga muqobil darvozabon izlamoqda.
Rossiyalik taniqli murabbiy Sergey Tashuyev PSJ darvozaboni Matvey Safonovning kelajagi haqida fikr bildirdi. Sobiq "Krasnodar" darvozaboni joriy mavsumda oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayapti, chunki u Luka Shevalye bilan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda.
"U oʻziga, "Krasnodar"ga va umuman bizning futbolimizga juda koʻp hissa qoʻshdi. Ammo hozir uning koʻproq oʻynash haqida oʻylashi kerak.
Yevropaning boshqa klublari unga qiziqish bildirishi aniq", - dedi Tashuyev "Sovetskiy sport"ga bergan intervyusida. Yaqinda parijliklar rahbariyati transfer bozorida Safonovga muqobil darvozabon qidirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Safonov PSJ safida 17 oʻyinda maydonga tushib, ulardan yettisida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. U PSJ bilan birga Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi hamda Chempionlar Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"U oʻziga, "Krasnodar"ga va umuman bizning futbolimizga juda koʻp hissa qoʻshdi. Ammo hozir uning koʻproq oʻynash haqida oʻylashi kerak.
Yevropaning boshqa klublari unga qiziqish bildirishi aniq", - dedi Tashuyev "Sovetskiy sport"ga bergan intervyusida. Yaqinda parijliklar rahbariyati transfer bozorida Safonovga muqobil darvozabon qidirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Safonov PSJ safida 17 oʻyinda maydonga tushib, ulardan yettisida darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. U PSJ bilan birga Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi hamda Chempionlar Ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…