O‘zbekistonda 23 mart, dushanba kuni, ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, havo harorati 20-25 daraja atrofida bo‘lib, bu me’yordan 3-4 darajaga yuqoridir.
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 24 mart, seshanba kuni, Kaspiy dengizining janubiy tumanlaridan nam havo oqimi kiradi. Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajagacha pasayadi va shu kun me’yoriga yaqinlashadi. Faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
25 mart, chorshanba kuni, salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi, shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, kunduzgi harorat 10-15 darajagacha pasayadi.
26 martdan 28 martgacha mamlakat hududi yuqori bosimli maydon ta’sirida bo‘ladi. Kechasi harorat 3-8 daraja iliq atrofida bo’ladi 26 mart kuni kunduzi harorat salqin, 10—15 daraja iliq, 27—28 mart kunlari esa harorat 15-20 darajagacha ko’tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi