
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, 6 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:04 da O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi.
Yer silkinishi koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 72,02 gradus sharqiy uzunlik. Zilzilaning magnitudasi 3 ballni, chuqurligi 10 kilometrni, epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 234 kilometrni tashkil qilgan.
O‘zbekiston hududida zilzilaning kuchi Namangan (40 kilometr) va Andijonda (59 kilometr) 2 ballga yetgan.
Manba: Daryo “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar