
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 34-39 daraja issiqni, shimolda va cho‘l hududlarda 41-42 daraja issiqni tashkil etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 21 iyuldan 23 iyulgacha faqat respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tekislik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat asta-sekin ko‘tariladi va 23 iyul, juma kuniga kelib harorat kunduz kunlari 39-42 daraja issiqqacha ko‘tariladi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44 daraja issiq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar