
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Havo harorati kechalari asosan 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.
Poytaxtda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25 fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar