Hozirgi kunda Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji Jasurbek Ibrohimov fojiasi sababli tillarga tushdi. Endi har ikki gapning birida mana shu qotillik va kollej bir-biriga bog‘lanaveradi.
Oldin xabar berganimizdek, marhum Jasurbek Ibrohimov va gumondor Islombek To‘laganov ushbu kollej o‘quvchilari bo‘lishgan. “Qalampir.uz” saytining xabar berishicha, mazkur tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olingan.
Lutfi Yusupova ta’lim dargohida 33 yildan beri faoliyat yuritib kelgan bo‘lib, oxirgi 10 yildan buyon kollejga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Kecha, 5 iyun kuni o‘sha voqea sabab Lutfi Yusupovadan ishdan bo‘shash haqidagi arizasi olingan.
Shu kuni, ya’ni Lutfi Yusupova vazifasidan ozod etilgunga qadar “Qalampir.uz” sayti muxbirlari undan eksklyuziv interyu olishga ulgurgan edi. Mazkur intervyuni tez orada saytimizda e’lon qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan. Keyin esa 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin