Toshkent Bodibilding va fitnes federatsiyasi prezidenti, professional bodibilder Habibulla Nizamov bu sport bilan shug‘ullanishda nimalarga rioya qilish kerakligini aytdi.
Yangi O‘zbekistonda zamonaviy sport turlari ortib, tobora rivojlanib boryapti. Bu, albatta, mamlakat imidjini ko‘tarib, dovrug‘ini butun dunyoga mashhur qilmoqda.
Jumladan, professional bodibilding va fitnes ham rivojlanishga ulgurdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Toshkent Bodibilding va fitnes federatsiyasi prezidenti, professional bodibilder Habibulla Nizamov Sputnik muxbiri bilan suhbatda mazkur sport bilan shug‘ullanishga oid qator tavsiyalarni berdi.
“O‘zbekiston bodibilding fitness federatsiyasi 2006 yil yanvar oyidan rasman o‘z faoliyatini boshlagan. O‘shandan buyon muntazam ravishda respublika va xalqaro chempionatlar o‘tkazilib kelinadi. Hozirgi kunga kelib, bizning sportchilar orasida Markaziy Osiyo va jahon chempionlari bor”, - deydi Nizamov.
Erkaklarda bodibilding yo‘nalishi bo‘yicha, ayollarda model fizik yo‘nalishi bo‘yicha chempionlar chiqqan. Pavel Umurzakov, Farhod Subxonqulov, Davronbek Tuyg‘unov, Fomin Sergey, Vladimir Volinkin, Dilshod Niyozov, Olesya Shoxina, Angelina Kalinina va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Mutaxassis hozirgi kunda iste’moli ko‘payib ketgan turli proteinlarga ham to‘xtaldi.
“Hozirda ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar o‘z muskullarini chiqarish, chiroyli qilish maqsadida bilib-bilmay turli vositalarni qabul qilishmoqda. Bu noto‘g‘ri. Kuchli bo‘laman deb protein ichaverish og‘ir holatlarga olib kelishi mumkin. Federatsiyamizda bu borada alohida mutaxassislar ishlaydi. Sport ozuqalarini, ya’ni zararsiz tabiiy oqsillar, aminakislotalar, protein va turli vitaminlarni tavsiya etishadi”, - dedi Nizamov.
Eng muhimi mutaxassislar sportchilarda ozuqalarni iste’mol qilish davriyligini kuzatishadi. Ulardan albatta me’yorida, mutaxassis nazorati ostida, organizmga gormonal ta’sirlarni o‘rgangan holda foydalanish tavsiya etiladi.
Bodibilding bilan 14 yoshdan shug‘ullanish mumkin. Ammo bu borada ham murabbiy (maxsus mutaxassis) ko‘magida ishlash lozim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur sport turining keng ommalashishi mutlaqo zararsizligi va sportchining jarohat olmasligida. Agar mashg‘ulotlar vaqtida o‘ta og‘ir yuklamalar ko‘tarmasa, bu sportda deyarli jarohat bo‘lmaydi.
“Bodibilding bilan muntazam shug‘ullangan sportchida tana ma’lum me’yorda bo‘ladi, tashqaridan katta yuklama tushsa tana shunga moslashib o‘sadi, agar tashqarida yuklamalar to‘xtatilsa organizm kichrayishi (dastlabki holatga kelishi) mumkin”, - deydi Nizamov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bodibilding fitness federatsiyasi 2012 yil dekabr oyida xalqaro Osiyo federatsiyalari WBPF (World Bodybuilding & Physique Federation) i ABBF (Asian Bodybuilding & Physique Sports Federation) tarkibiga kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas