date

Turkiyada 11 ming yillik qabr topilib, tarixni qayta yozdi

Turkiyada 11 ming yillik qabr topilib, tarixni qayta yozdi
Turkiyada arxeologlar tomonidan 11 ming yil avvalgi neolit davriga oid qabr topildi. Bu haqda Arkeonews xabar berdi. Qazishmalar davomida jami oltita qabr ochildi, ulardan beshtasi ilk bronza davriga, bittasi esa neolit davriga tegishlidir.

Tadqiqotlar Chanoqqal’a universiteti amaliy fanlar fakulteti dots.nti Savash Sarialtun rahbarligida o‘tkazildi. May oyida boshlangan qazishmalar besh oy davom etdi va natijada me’moriy qoldiqlar hamda qabrlar aniqlandi.

«Bu topilmalar Chayonyu aholisining ko‘chmanchi hayotdan qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirishga va murakkab jamiyat qurishga qanday o‘tganini anglashimizga yordam beradi», — dedi Sarialtun.

Chayonyu (Tigr daryosi yaqinida) ilk qishloq xo‘jaligi yodgorliklaridan biri sifatida 1964 yildan beri qazishmalar o‘tkazilayotgan hudud hisoblanadi. Bu yerda ilk aholi o‘simlik va hayvonlarni xonakilashtirgan, miloddan avvalgi 10 000 yillarda esa ko‘chmanchilikdan voz kechgan.

Arxeologlar 1964 yildayoq bu hududda 600 dan ortiq inson skeletini topishgan, ularning asosiy qismi neolit davriga oid bo‘lgan. Yangi topilgan oltita qabr esa neolit va ilk bronza davri orasidagi xronologik bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 11 ming yillik qabr topilib, tarixni qayta yozdi