Moskvada OMON reydi: yotoqxonada 70 dan ortiq migrant ushlandi

1 daqiqa o'qish324
Moskvada OMON reydi: yotoqxonada 70 dan ortiq migrant ushlandi

Rossiya poytaxtining janubi-sharqiy qismidagi yotoqxonalarda o‘tkazilgan keng ko‘lamli reyd jamoatchilik e’tiborini tortib, katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Rossiya Milliy gvardiyasi ma’lumotiga ko‘ra, “Avangard” va “Qilich” nomli maxsus OMON bo‘linmalari ishtirok etgan operatsiyada 70 dan ziyod migrant qo‘lga olingan.

Tergov qo‘mitasi, FXX hamda Ichki ishlar vazirligiga ko‘mak sifatida amalga oshirilgan tadbir Shkuleva ko‘chasidagi bir necha yotoqxonalarda tashkil etildi. Reyd paytida xavfsizlik kuchlari mingdan ortiq xorijiy fuqaroni tekshirdi. Shulardan 72 nafar shaxs immigratsiya qoidalari va harbiy ro‘yxatga olish talablarini buzgani uchun ushlandi. Ular politsiya bo‘limlariga olib ketilib, qo‘shimcha tergov ishlari o‘tkazilmoqda.

Ayni vaqtda qo‘lga olinganlar orasida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bor-yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 22 sentyabr kuni ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan edi. Krasnoyarsk o‘lkasining Yemelyanovskiy tumanida OMON xodimlari o‘zbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konserti bo‘lib o‘tgan “Korona” banket zaliga bostirib kirib, migrantlar orasida tekshiruv o‘tkazgan. O‘sha paytda 8 o‘zbekistonlikka nisbatan huquqiy choralar ko‘rilgan, to‘rt nafariga jarima va ma’muriy chiqarib yuborish jazosi tayinlansa, qolganlari maxsus markazga joylashtirilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar huquqlarini himoya qilish maqsadida advokatlarni joyiga yuborgani, Bosh konsulxona esa zarur huquqiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, “Yuksalish” harakati rahbari va deputat Bobur Bekmurodov bunday vaziyatlarda OMON kabi maxsus kuchlarni jalb qilish ortiqcha ekanini ta’kidlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni huquqiy yo‘ldan chiqmaslikka chaqirdi.

Ekspertlar fikricha, Rossiyada migrantlar bilan bog‘liq bunday reydlar tobora ko‘paymoqda va ularning huquqiy asoslari, samarasi hamda ijtimoiy oqibatlari jamoatchilik orasida bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?