Misrlik 44 yoshli kurashchi Ashraf Mahruz odamlar ishonmaydigan ishga qo‘l urdi. U 700 tonna og‘irlikdagi ulkan kemani tishlari bilan 15 metrgacha tortib bordi. Bu haqda NBC News xabar qildi.
Mahruz o‘z natijasini rasman qayd etish uchun Ginness rekordlar kitobiga ariza topshirishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozircha eng yuqori ko‘rsatkich sifatida 614 tonnali kema qayd etilgan. Sportchi esa yangi rekordni isbotlash uchun foto va videolarni taqdim etmoqchi.
Tayyorgarlik jarayonida u oqsil va temir moddasiga boy taomlar bilan ovqatlangan. Har kuni kamida 12 ta tuxum, ikki butun tovuq va taxminan 5 kg baliq tanovul qilgan. Mashqlarni esa kuniga uch mahal, har biri ikki soatdan bajargan.
Mahruzning bu ilk mashhur natijasi emas. U avvallari ham mashinalar, poyezd va lokomotivlarni joyidan qo‘zg‘atgan. Shu yilning marti oyida esa 279 tonnali temir yo‘l vagonini siljitib, Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan edi.
Misrlik polvon tishlari bilan 700 tonnali kemani tortdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar