date

8 oyda O‘zbekistonga 7,5 million sayyoh tashrif buyurdi

8 oyda O‘zbekistonga 7,5 million sayyoh tashrif buyurdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 7,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh kelgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,5 million nafarga ko‘pdir va o‘sish 49,1 foizni tashkil qildi.

Eng ko‘p sayyohlar qo‘shni davlatlardan tashrif buyurdi. Jumladan, Qirg‘izistondan 2,16 million kishi (+48,9%), Qozog‘istondan 1,769 million (+73,5%), Tojikistondan esa 1,699 million nafar (+15,6%) sayyoh kelgan. Rossiyadan tashrif buyurganlar soni ham 25 foizga ortib, 663,2 ming nafarga yetdi.

Afg‘oniston birinchi marta yetakchi o‘nlikka kirdi — 304,5 ming kishi bilan beshinchi o‘rinni egalladi. Turkmanistondan kelgan 243,5 ming mehmon oltinchi o‘rindan joy oldi va bu ko‘rsatkich ikki barobardan ko‘p o‘sishni ko‘rsatdi. Uzoq xorijdan esa Xitoy yetakchilik qildi — 135,4 ming turist, bu o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘pdir.

Sayyohlarning katta qismi — 5,16 million kishi qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelgan. Shuningdek, 1,15 million kishi dam olish va sayohat uchun, 837,5 ming xizmat safari uchun, 287,7 ming nafar esa tijorat maqsadida keldi. 62 ming kishi davolanish uchun, 14,2 ming xorijiy talabalar esa ta’lim olish uchun tashrif buyurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 8 oyda O‘zbekistonga 7,5 million sayyoh tashrif buyurdi