OFK 2024 yildan boshlab klublar o‘rtasidagi musobaqalarni yangi format va yangi ko‘rinishda tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Bu yo‘lda, hattoki, yangi musobaqa tashkil etiladi. Ya’ni, darajada borasida 3 xil bo‘lgan 3 musobaqa! Barcha musobaqalarda umumiy hisobda 76 jamoa ishtirok etadi. Bu Osiyo qit’asining deyarli barcha davlatlarini qamram olish degani. O‘zbekiston klublari birinchi va ikkinchi toifadagi turnirlarda ishtirok etadi.
Birinchi toifadagi turnir — Osiyo chempionlar ligasi
OFK Chempionlar ligasini kuchaytiradi va hatto mukofot pullarini ham yaxshigina oshiradi. Endilikda unda 24 ta klub ishtirok etadi (ayni paytda guruh bosqichida 40ta jamoa ishtirok etayotgandi). Endi esa klublar 12 tadan ikki mintaqaga ajratib olinadi. Aytaylik, O‘zbekistonning biror klub(lar)i g‘arb mintaqasining qolgan 11 ta klubiga qarshi to‘p suradi. Bunda guruhlar bo‘lmaydi. Klub(lar)imiz yuqoridagi 11 ta klubdan 8 tasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi: 4 ta uy va 4 ta safar o‘yini. Ya’ni, kimlar bilandir uyda o‘ynaymiz, boshqa kimlar bilandir safarda. Hammasini qur’a aniqlab beradi.
Nimchorak finalga shular orasidan 8 ta (sharqni ham qo‘shsak 16 ta klub yo‘l oladi). Bu bosqichdagi o‘yinlar uy-safar tizimida bo‘lib o‘tadi. Chorak finaldan boshlab to finalga qadar bo‘lgan o‘yinlar markazlashgan holda 1 ta mamlakatda o‘tadi va barcha uchrashuvlar faqat 1 martadan o‘tkaziladi.
Ikkinchi toifadagi turnir — OFK kubogi
Bunda 32 ta klub ishtirok etadi va OFK ularni 8 ta guruhga taqsimlaydi. Klassik ko‘rinishdagi bu format haqida yaxshi tasavvurga egasiz: jamoalar 8ta guruhga bo‘linadi va "uy-safar" tizimida o‘yinlarda ishtirok etadi. Guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finalga yo‘l olishadi.
Nimchorak final, chorak final va yarim final bahslari ikkita o‘yindan iborat bo‘ladi. Final esa faqat bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi.
Uchinchi toifadagi turnir
Unda 20ta jamoa ishtirok etadi: klublar 5ta guruhga bo‘linishadi. Guruh bahslari markazlashgan holda o‘tkaziladi va jamoalar o‘zaro bir martadan to‘qnash kelishadi. Yakunda 8 jamoa chorak finalga chiqadi: guruh g‘oliblari hamda 2-o‘rinni egallagan klublar orasida eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan 3ta klub.
Chorak final va yarim final 2ta o‘yindan (uy va safar) iborat bo‘ladi. G‘olib esa bitta o‘yinda aniqlanadi.
Albatta, ba’zi jamoalar ushbu musobaqalarning guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, ba’zilari saralash bosqichi orqali guruhga yo‘l oladi. Birinchi saviyadagi musobaqaning saralash bosqichida yutqazgan jamoa ikkinchi saviya musobaqa guruh bosqichiga o‘tadi. Ikkinchi saviyadagi turnirning saralashidan o‘ta olmagan jamoa uchinchi turnir guruhiga o‘tadi.
Mazkur islohot natijasida qit’adagi o‘yinlar soni 274tadan 287taga yetadi. OFK musobaqalarni "kuz-bahor" tizimiga o‘tkazayotgani uchun yangi ko‘rinishdagi musobaqa taxminan 2024 yilning avgust oyidan boshlanadi. OFK yangi formatga o‘tish orqali, qit’aning klublar o‘rtasidagi musobaqalari saviyasini oshirish bilan birgalikda, zamonaviy yondashuv orqali ishqibozlarni e’tibor markazida turishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...