date

Shimoliy Koreya AQSH sanksiyalariga qattiq javob qaytardi

Shimoliy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi siyosiy keskinlik yana avj oldi. Pxenyan rasmiylari Vashington tomonidan joriy etilgan navbatdagi sanksiyalarga qattiq bayonot bilan javob berdi. Bu haqda mamlakatning markaziy axborot agentligi ma’lum qildi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, AQSHning bosim, tahdid va aldamchilik orqali natijaga erishish siyosati Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) uchun hech qanday ta’sir kuchiga ega emas.

“AQSHning sanksiyasi bizning fikrlash tarzimizga ham, mamlakatimiz siyosiy pozitsiyasiga ham ta’sir qilmaydi. Bu – Vashingtonning KXDRga nisbatan barbod bo‘lgan siyosatidan navbatdagi isbot, xolos”, — deyiladi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim In Chxorning bayonotida.

Pxenyan shuningdek, sanksiyalar orqali ta’sir ko‘rsatishni “ahmoqona urinish” deb atadi va AQSHning “dushmanona pozitsiyasi”ga munosib javob berishini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreyaning fikricha, Vashington qo‘llayotgan bosim siyosati faqat ziddiyatni kuchaytiradi va hech qanday diplomatik natija bermaydi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 4-noyabr kuni AQSH Moliya vazirligi kiberjinoyatchilik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblanayotgan sakkiz nafar shimoliy koreyalik fuqaro va ikkita yuridik shaxsga nisbatan sanksiya joriy etgan edi.

Bu faoliyat ilgari ham Pxenyan uchun asosiy ayblovlardan biri bo‘lib kelgan. AQSH vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, shimoliy koreyalik hakerlar 2017-yildan buyon kiberhujumlar orqali uch milliard dollardan ortiq kriptovalyutani o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan. Bunday hujumlar KXDR razvedkasi bilan bog‘liq maxsus guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgani ta’kidlanadi.

Shimoliy Koreya va AQSH munosabatlari 2018–2019-yillarda Kim Chen In va Donald Trampning uchta uchrashuvidan keyin ancha sovuqlashgan. Har ikki tomon ham o‘sha paytda diplomatik yo‘l bilan muzokaralar davom etishini bildirgan bo‘lsa-da, keyinchalik Pxenyan muloqotni rad etgan edi.

Joriy yil Tramp Osiyo safari davomida Kim Chen In bilan yana uchrashish niyatini bildirgan, ammo bu reja amalga oshmagan. Sentyabr oyida esa shimoliy koreyalik yetakchi AQSHni “Pxenyandan yadroviy dasturdan voz kechishni talab qilmaslikka” chaqirgan.

Shu orada, Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan harbiy hamkorligi haqidagi ma’lumotlar ham ortib bormoqda. Xalqaro tahlilchilarning ta’

Shu orada, Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan harbiy hamkorligi haqidagi ma’lumotlar ham ortib bormoqda. Xalqaro tahlilchilarning ta’kidlashicha, Pxenyan Ukrainadagi urushda Moskvaga harbiy kuch bilan yordam bermoqda. Janubiy Koreya milliy razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya–Ukraina chegarasi yaqinida taxminan 10 ming shimoliy koreyalik harbiylar joylashtirilgan, shuningdek, yaqinda yana 5 ming harbiy yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kim Chen In ma’muriyati Vashingtonning sanksiya bosimi orqali siyosiy ustunlikka erishish urinishini rad etar ekan, xalqaro maydonda yana bir bor o‘zining mustaqil siyosiy yo‘lini ta’kidlab qo‘ydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya AQSH sanksiyalariga qattiq javob qaytardi