date

Doku: "Liverpul" ustidan gʻalaba ideal hafta boʻladi


"Manchester Siti" Chempionlar ligasida "Borussiya" (Dortmund)ni 4:1 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvdan soʻng, "shaharliklar" vingeri Jeremi Doku oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bu kuchli raqibga qarshi ajoyib oqshom boʻldi. Oʻyinni juda yaxshi boshladik va bir nechta chiroyli gollar urdik.

Ikkinchi boʻlimda biroz qiyinroq boʻldi, ammo jamoa sifatida bu gʻalabadan juda mamnunmiz. Hali ham oʻyinimni sezilarli darajada yaxshilashim mumkin deb his qilyapman – oxirgi paslar va darvoza yaqinidagi harakatlarimda.

Bugungi oʻyindan zavq oldim. Oldinda juda muhim oʻyin bor.

"Liverpul" ustidan gʻalaba xalqaro tanaffus oldidan haftani ideal qiladi. Dam olish, tiklanish va yaxshilab tayyorgarlik koʻrishimiz kerak", – dedi Doku TNT Sportga.

"Manchester Siti" 9-noyabr, yakshanba kuni Premer-ligada "Liverpul"ni oʻz maydonida qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doku: "Liverpul" ustidan gʻalaba ideal hafta boʻladi