Tojikistonda barcha o‘qituvchilar harbiy xizmatdan ozod etildi

1 daqiqa o'qish498
Tojikistonda barcha o‘qituvchilar harbiy xizmatdan ozod etildi

Tojikistonda maktab o‘qituvchilari endilikda harbiy xizmatdan ozod etildi.

Bu qaror “Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlar orqali amalga oshirilmoqda. Ilgari bu imtiyoz faqat qishloq maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarga tegishli edi. Endi esa u barcha o‘qituvchilarga, ish joyidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.

O‘zgartishlar Tojikiston Oliy Majlisi Namoyandagon tomonidan ma’qullandi va endi Majlisi Milliy hamda Prezident tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda. Ta’lim va fan vazirligining ma’lum qilishicha, qonun loyihasi o‘qituvchilarning mavqeini oshirish hamda kadrlar yetishmasligini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Vazir o‘rinbosari Xomid Hoshimzoda ta’kidlashicha, bu o‘zgarish “O‘qituvchilar maqomi to‘g‘risida”gi qonun bilan bog‘liq bo‘lib, u pedagoglarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Tojikiston maktablarida o‘qituvchilar yetishmasligi so‘nggi yillarda jiddiy muammo bo‘lib kelayotgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 3,8 mingdan ortiq o‘qituvchi yetishmagan. Shu bilan birga, joriy yilda 13 mingdan ziyod talaba pedagogik diplom olgan.

Yangi qonun loyihasi o‘qituvchilarni tozalash ishlariga yoki pul yig‘ishga majbur qilishni taqiqlaydi. Shuningdek, ularni haqorat va bosimdan himoya qiladi. Hujjatda o‘qituvchilarga ijtimoiy kafolatlar — yer uchastkalari ajratish, uy-joy bilan ta’minlash va kasbiy nufuzini oshirish bo‘yicha choralar ham nazarda tutilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar nafaqat ta’lim tizimidagi kadrlar tanqisligini yengillashtiradi, balki o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi obro‘sini ham oshiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?