
Madridning "Real" klubi hozir La Ligada peshqadamlik qilayotgan boʻlsa-da, ichki muhitda ziddiyatlar yuzaga kelgan. Jamoaga bosh murabbiy boʻlib kelgan Xabi Alonso oʻzining qatʼiy uslubi bilan eʼtibor tortmoqda.
U nafaqat qoʻshimcha mashgʻulotlar joriy qilgan, balki bazaga kirish va kiyinish xonasiga kirish imkoniyatlarini ham cheklab qoʻygan. Hatto futbolchilarga yaqin boʻlgan shaxslar ham nazorat ostida.
The Athletic nashrining xabar berishicha, "Real" futbolchilarining barchasi Alonso uslubini maʼqullamayapti. Ayrimlar maydondagi erkinliklarini yoʻqotganidan shikoyat qiladi, boshqalar esa murabbiyning jamoaga nisbatan masofali munosabatidan norozi.
"Baʼzi futbolchilar ilgari bunday usullarsiz ham koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Endi ularga bu yangi yondashuv majburiy qilib qoʻyilganda, ular bundan shikoyat qilishmoqda.
Xabi oʻzini Gvardiola deb oʻylamoqda, lekin u hozircha faqat Xabi", – deya taʼkidlaydi "Real" kiyinish xonasiga yaqin manba. Shu kabi shikoyatlar futbolchilar oʻrtasida tobora koʻproq muhokama qilinmoqda.
Oʻtgan dam olish kunidagi "El-Klasiko"da Vinisius Juniorning almashtirilishi va uning reaksiyasi jamoa ichidagi keskinlikni yana bir bor ochib berdi. Manbalarning qayd etishicha, ayrim futbolchilar Carlo Anchelottining doʻstona va ochiq uslubini maʼqul koʻrgan.
Xabi Alonso esa ularga "quyi darajadagi" va "muloqotga yopiq" murabbiydek koʻrinmoqda. Hozircha "Real" La Ligada "Barselona"ni besh ochko farqi bilan ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar