date

Vulverhempton murabbiyi ishdan bo'shatilishi mumkin

Vulverhempton murabbiyi ishdan bo'shatilishi mumkin
Angliyaning "Vulverhempton" klubi bosh murabbiyi Vitor Pereyra yaqin kunlarda ishdan bo'shatilishi mumkin. Bu haqda Molineux News xabar bermoqda.

"Byornli" klubiga qarshi o'yinda 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan jamoa APL turnir jadvalida so'nggi o'rinda qolmoqda. Shu bilan birga, murabbiy muxlislar bilan tortishuvga kirishgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, oldindagi o'yinlar uning taqdiri uchun hal qiluvchi bo'ladi. 29-oktabr kuni jamoa Angliya Ligasi Kubogida Londonning "Chelsi" klubini qabul qiladi.

1-noyabr esa "Fulhem"ga qarshi safar uchrashuvi bo'lib o'tadi. "Chelsi" tarkibining optimal holatda emasligi Pereyraga natija ko'rsatish va rahbariyatning ishonchini tiklash uchun imkoniyat yaratadi.

Portugaliyalik mutaxassis 2024-yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. U joriy yilning sentabr oyida uch yillik yangi shartnoma imzolagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vulverhempton murabbiyi ishdan bo'shatilishi mumkin