Tojikistonda ikki kilometrli muzlik parchalanib tushdi

1 daqiqa o'qish2.7K
Tojikistonda ikki kilometrli muzlik parchalanib tushdi

Tojikistonning Ismoil Somoniy tizmasida joylashgan yirik muzlikning bir qismi asosiy qatlamdan ajralib tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 25 oktyabr kuni soat 11:00 larda Tojikobod tumanidagi Saftab qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Ajralgan muzlikning uzunligi taxminan 2 kilometr, balandligi 25 metr, kengligi esa 150–200 metrni tashkil etgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumoticha, muzlikning siljishi aholiga yoki infratuzilmaga zarar yetkazmagan. Hodisa oqibatlarsiz yakunlangan.

Mutaxassislar bu jarayonni iqlim o‘zgarishi va havo haroratining barqaror o‘sishi bilan bog‘lashmoqda. Ilgari bunday muz ko‘chkilari asosan Himolay tog‘larida — Hindiston va Nepalda kuzatilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda ham shunday holatlar tez-tez ro‘y bermoqda.

Glyatsiologlar ogohlantirishicha, agar yaqin kunlarda kuchli yomg‘ir yog‘sa, muzlikning yana bir qismi ajralib ketishi mumkin. Bu esa Qasa-i-Nabi qishlog‘i yaqinidagi Gulrez jamoatidagi ayrim fermer xo‘jaliklariga xavf solishi ehtimoldan xoli emas.

Taxminlarga ko‘ra, agar muzlik to‘liq erib ketsa, taxminan 7–8 million kub metr suv hosil bo‘ladi. Biroq olimlar bu jarayonning keskin suv toshqiniga aylanishi kutilmayotganini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?