date

O'zbekistonliklar Serbiyada rasman ishlashi mumkin


O'zbekiston va Serbiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzoladi. Endilikda o'zbekistonliklar Serbiyada qonuniy ravishda ishlashlari va ularning huquqlari himoya qilinishi ta'minlanadi, deb xabar berdi O'zbekiston Migratsiya agentligi.

Hujjat mamlakatlar o'rtasida tajriba almashish, ishga joylashuvning shaffof tizimini yaratish va noqonuniy migratsiyaga qarshi choralar ko'rishni nazarda tutadi. Shuningdek, tomonlar qonunchilikka rioya etilishini birgalikda nazorat qilish va fuqarolarimizning bandligi to'g'risida ma'lumot almashishni kelishib oldi.

Yaqin vaqt ichida o'zbekistonliklarni Serbiyada ishga qabul qilish tartibi belgilangan alohida protokol tayyorlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O'zbekistonliklar Serbiyada rasman ishlashi mumkin