3 yoshli bola bog‘chada yelkasini sindirdi

1 daqiqa o'qish572
3 yoshli bola bog‘chada yelkasini sindirdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Magnat” xususiy bog‘chasida 3 yoshli bolaning yelkasi sindi.

Bolaning onasi ma’lum qilishicha, voqea 21 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. U har kunigidek farzandini olish uchun bog‘chaga kelganida, bolasining holatida nimadir noto‘g‘rilikni payqagan.

“Oddatda u meni ko‘rib yugurib kelardi. Bu safar esa sust qadamlar bilan chiqdi. Quchoqlab olganimda qattiq yig‘lab yubordi. Keyin qo‘lini ko‘tarolmasligini ko‘rib, shoshilib shifokorga olib bordim. Rentgen tekshiruvida yelkasi singani ma’lum bo‘ldi”, — deydi ona.

Ona aytishicha, bog‘cha xodimlari avval voqeani yashirishga uringan. Telegram orqali berilgan savollarga “boshqa bolalar ko‘rpa yig‘ish chog‘ida ustidan bosib olgan, hech narsa bo‘lmagan”, degan javob qaytarilgan.

Bog‘cha ma’muriyatining izohiga ko‘ra, bolani tarbiyachi emas, balki boshqa bolalar ko‘rpa ostida o‘ynayotgan paytda bosib olgan. Ular bu holatni “tarbiyachi bosdi” deb bola noto‘g‘ri tushungan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Hodisa bo‘yicha tarbiyachiga intizomiy chora — “hayfsan” berilgan. Bog‘cha rahbari bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun barcha xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan, ammo oila bu taklifni rad etgan.

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi voqea yuzasidan hali rasmiy izoh bermagan. Mutaxassislar bu holat xususiy bog‘chalardagi nazorat tizimini kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?